Hindistonning sharqiy qismidagi G`arbiy Bengaliyada avtomobil hamda yuk mashinasi to`qnashib ketishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Sinhua xabar berdi.
Manbada aytilishicha, quyuq tuman tufayli avtohalokat yuzaga kelgan. Natijada, 5 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda ularning bir nechtasi og`ir ahvolda.
Hozirda polisiya xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Ma`lumotlarga qaraganda, Hindistonda har yili 500 mingga yaqin YTH oqibatida 150 mingga yaqin kishi halok bo`ladi