Koronavirusning yangi shtammi “Omikron” bir necha kun ichida nechta mamlakatda aniqlangani ma`lum qilindi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, shtamm dunyoning 20ga yaqin mamlakatida aniqlangan. Jumladan, Ispaniya, Avstriya, Yaponiya, Kanada, Chexiya, Daniya, Avstraliya, Belgiya, Botsvana, Portugaliya, Janubiy Afrika, Isroil, Niderlandiya, Gonkong, Germaniya, Shvesiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarida kasallik qayd etilgan.
Ma`lumot uchun, “omikron” birinchi marotaba Janubiy Afrikada topildi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti “omikron” bilan qayta kasallanish xavfi yuqori ekani aytilmoqda.