1

Pnevmoniya nasl surishi mumkinmi? Shifokor aniqlik kiritdi

Salomatlik 04.12.2021, 17:43
Teglar: Pnevmoniya
Pnevmoniya nasl surishi mumkinmi? Shifokor aniqlik kiritdi

Shifokorning so`zlariga ko`ra, barcha pulmonologik kasalliklar ham nasldan naslga o`tmaydi. Nasl suradigan kasalliklar guruhiga mukovicsidoz, bronxial astma va boshqa allergik kasalliklar kiradi.

"Oilada ota yoki ona bronxial astma bilan kasallangan bo`lsa, bolaning xastalikka chalinish ehtimoli 20-30 foizni, agar har ikkisi (ota va ona) kasallangan bo`lsa, bu ko`rsatkich 75 foizni tashkil etishi mumkin. Ushbu holat onaning homiladorlik davrida kechsa, xavf yanada ortishi taxmin qilinadi",-deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Nodir Sotiboldiev.

"Respirator infeksion kasalliklar nasldan naslga o`tmaydi. Ular kelib chiqishiga ko`ra, organizm immun tizimi sustligi, mikroorganizmlar miqdori va ularning virulentligi (mikroorganizmlarning kasallik qo`zg`atishi) yuqori bo`lishiga bog`liq.  

Hozirgi paytda nafas a`zolari kasalliklarining asosiy qismini bronxial astma, surunkali obstruktiv o`pka kasalligi va pnevmoniya tashkil kiladi. Dunyo bo`yicha bronxial astma aholi orasida o`rtacha 5 foiz hollarda uchraydi, bu ko`rsatkich bolalar o`rtasida yanada yuqori — o`rtacha 10 foiz.  Surunkali obstruktiv o`pka kasalligi esa dunyo bo`yicha kasallanish va o`lim ko`rsatkichlarining asosiy sabablaridan biriga aylanib bormoqda.  

Infeksion kasalliklar orasida o`lim sabablari ko`rsatkichi bo`yicha pnevmoniya birinchi o`rinni va umumiy o`lim ko`rsatkichi sabablari bo`yicha oltinchi o`rinni egallaydi",-deya alohida ta`kidlaydi u.

Shuningdek, shifokor pandemiya davrida nafas organlari kasallikka moyil kishilar o`z sog`liqlariga jiddiy e`tibor qaratishlari shartligini aytadi.

Sharhlar

O`zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 400 nafardan kamaydi, 15 kishida pnevmoniya aniqlandi

11.10.2021, 10:21

Kecha O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari 400 nafardan kamaydi, 2 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek, 15 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.Qayd...
O`zbekistonda yana 448 kishi koronavirus bilan kasallandi, 37 nafar inson pnevmoniyaga chalindi

04.10.2021, 11:06

O`zbekistonda yana 448 kishi koronavirus bilan kasallandi, 37 nafar inson pnevmoniyaga chalindi. Bu haqda  SSV xabar berdi.Unga asosan, so`nggi kecha kunduzda O`zbekistonda 450 nafarga yaqin...
Kecha O`zbekistonda 530 nafardan ziyod kishi koronavirusga chalindi. 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

23.09.2021, 10:47

Kecha yurtimizda 530 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Shuningdek 118 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot...
O`zbekistonda 20 kunda koronavirusdan 109 nafar, pnevmoniyadan esa 43 nafar bemor vafot etdi

21.09.2021, 10:20

O`zbekistonda 20 kunda koronavirusdan 109 nafar, pnevmoniyadan esa 43 nafar bemor vafot etdi. Sog`liqni saqlash vazirligi bu haqda xabar bermoqda.Unga ko`ra, 20 sentyabr holatida O`zbekistonda...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1