Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

Jamiyat 16.12.2021, 08:37
Teglar: Talaba, Oliy ta`lim vazirligi
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.

Shuningdek, Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir yangilik haqida xabar berdi. Qayd etilishicha, endi emlangan, biroq sertifikatini kechikib oluvchilarga ham 10 foizlik chegirma beriladi.

"Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021 yilning 15 noyabriga qadar to`liq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik to`g`risidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy ta`lim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abiturientlar va talabalarga to`lov-kontrakt summasini to`lashda bir martalik 10 foizli chegirmani qo`llashga ruxsat berildi",-deyiladi vazirlik xabarida.

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Ijarada yashovchi talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

27.09.2021, 11:07

Talabalarga ijara to`lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.Hukumat Qarori bilan Davlat oliy ta`lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to`lovining bir qismini...
Talabalar saylovda qatnashish uchun uylariga qaytadimi?

14.09.2021, 10:19

Endilikda yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishlari shart emas.Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilda bo`lib o`tadigan...