Amerika IT-konsernlari 2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e`lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Unga ko`ra, reytingni qariyb 3 trln dollarga etgan "Apple" birinchi o`ringa ko`tarilib oldi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi o`tgan yilda 31 foizga o`sgan.
2,57 trln dollar qiymatga ega bo`lgan "Microsoft" ro`yxatda ikkinchi o`rinda bormoqda. Kompaniya aksiyalari yil davomida 52 foizga qimmatladi. 2020 yilda kompaniya 3-o`rinda bo`lgan.
Uchinchi o`ringa joylashgan "Alphabet" kompaniyasining bozor qiymati 1,96 trln dollarga etgan. Dunyo reytingida birinchi o`rinda bo`lib kelgan Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniya 4-o`rin bilan cheklandi. Uning kapitalizasiyasi 1,88 trln dollar.
Jozef Bezosga qarashli bo`lgan "Amazon" kompaniyasining qiymati 1,72 trln dollarni tashkil qilmoqda.