Namanganlik 15 yoshli o`quvchi avtomobilni telefon yordamida boshqarmoqda (foto)

Hi-tech 05.01.2022, 11:13
Namanganlik 15 yoshli o`quvchi avtomobilni telefon yordamida boshqarmoqda (foto)

Uychi tumanidagi 16-maktabning 9-sinfida o`qiydigan Abdulaziz Nosirjonov ovoz bilan boshqariladigan va 500 dan ortiq buyruqni bajara oladigan sun`iy intellekt dasturini yaratdi.  

Abdulaziz Nosirjonovning o`zi bu dasturning yaratilishi haqida shunday deydi:

– Kompyuterimni ovozli buyruq bajaradigan ko`rinishga keltirmoqchi bo`ldim. Google’da ovozli boshqaruv dasturlari bo`yicha qidiruv berdim. Ingliz tilini yaxshi bilganim uchun shunday loyiha ustida ishlayotgan hindistonliklar bilan tanishdim va ulardan guruhlariga qo`shib olishlarini iltimos qildim. Ular rozi bo`lishdi. 2020 yili, karantin payti dastur ustida birgalikda mehnat qildik. O`tgan yil fevral oyida ishimiz yakuniga etdi. Shundan so`ng ovoz bilan boshqariladigan va 500 dan ortiq buyruqni bajara oladigan sun`iy intellekt dasturini o`zbekchalashtirib chiqdim. Unga ‘Abdulaziz Jarvis’ deb nom qo`ydim. Jarvis o`sha, filmdagi robotning nomi.  

Abdulaziz dastlab kompyuterda loyihani sinab ko`rdi. Word, Exsel kabi dasturlarni ovoz yordamida boshqardi. So`ng navbat bobosining Lacetti Gentra mashinasiga keldi.  

Qahramonimizni aytishicha, o`rtacha 2 million so`m xarajat bilan mashinani ovozli boshqaruv tizimiga o`tkazsa bo`ladi. Qurilmani motosikl va Tico’dan tortib bahaybat yuk mashinalarigacha o`rnatish mumkin. Keyinchalik avtomobilni olis masofa, hatto xorijdan turib ham boshqarsa bo`ladi. Buning uchun aloqa yaxshi bo`lsa bas. Ixtirochi yigitcha ovozli buyruq berish funksiyasini telefondan aqlli soatga ham o`tkazmoqchi.  

Ma`lumot o`rnida, Abdulaziz Nosirjonov yaratgan sun`iy intellekt dasturi yaqinda bo`lib o`tgan “O`zbekiston uchun 100 g`oya” loyihasi uchun tanlab olindi va 10 million so`m miqdoridagi mukofot bilan taqdirlandi.   

Azizbek ABDUVALIYeV

Fotolar muallifi Jahongir AKRAMOV                                                                                                                        

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1