AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

"O`zgidromet" xabar berishicha, bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

Qayd etilishicha, respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Respublika bo`yicha g`arbiy shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yog`mir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliqgacha isiydi.

Tog`li hududlarda esa ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar