AsosiyJamiyat

Global ochlik indeksida O`zbekiston 21 o`rinni egalladi

'Global ochlik indeksida O`zbekiston 21 o`rinni egalladi'ning rasmi

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi bu haqda Darakchi.uz'ga ma`lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Birlashlar millatlar tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi agentligi (FAO) tomonidan 2021 yil uchun e`lon qilingan  Global ochlik indeksida (Global Hunger Index) eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida O`zbekiston o`tgan yilgi ko`rsatkichlarini 9 pog`ona yaxshilab, 21 o`rinni egalladi. Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chili davlatlari reytingda eng yuqori pog`onada bo`lsa, eng kichik ko`rsatkichlar Somali, Suriya va Janubiy Sudan mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Ta`kidlanishicha, joriy yilda Global ochlik indeksda 116 ta mamlakat ishtirok etdi. Mazkur indeksda O`zbekiston eng yaxshi deb topilgan va 49 ta mamlakatlar orasida 5,9 ball bilan 21 o`rinni egallagan. Ushbu ma`lumot Global ochlik indeksi rasmiy saytida taqdim etilgan.

"O`tgan yili O`zbekiston ushbu reytingda mamlakat 6,7 ball bilan 30 o`rinda ko`rsatib o`tilgan edi.

Global ochlik indeksining etakchi pog`onalarida Belarus, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Chili davlatlari joylashgan bo`lsa, eng kichik ko`rsatkichlar Somali, Suriya va Janubiy Sudan mamlakatlarida kuzatilmoqda",-deyiladi xabarida.

Ma`lumot uchun, MDH davlatlari mazkur indeks bo`yicha quyidagi o`rinlarni egallashdi:

  1. Belorussiya — 1;
  2. O`zbekiston — 21;
  3. Rossiya — 25;
  4. Gruziya — 27;
  5. Qozog`iston — 28;
  6. Ukraina — 29;
  7. Armaniston — 32;
  8. Ozarbayjon — 33;
  9. Qirg`iziston — 40;
  10. Turkmaniston — 48.

Eslatib o`tamiz, ushbu indeks har bir mamlakat uchun to`rtta ko`rsatkichni jamlash orqali aniqlanadi:

  • to`yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi;
  • besh yoshgacha bo`lgan vazni me`yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo`lgan bo`yi me`yordan past bolalar ulushi;
  • besh yoshgacha bo`lgan bolalarning o`lim darajasi.

    Boshqa yangiliklar