AsosiyJamiyat

Tezkor! Talabalar va akademik lisey o`quvchilari uchun qishqi ta`til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirildi

'Tezkor! Talabalar va akademik lisey o`quvchilari uchun qishqi ta`til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirildi'ning rasmi

2021/2022 o`quv yilining ikkinchi yarmini to`liq va puxta tayyorgarlik ko`rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta`lim muassasalari, akademik lisey talaba-o`quvchilari uchun qishqi ta`til muddati 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishcha, 2021 yil 24 dekabrda davlati rahbari tomonidan oliy ta`lim tizimini tub ijobiy o`zgarishlarga olib keladigan oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi.

Qaror bilan 2022 yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.  

Bu o`z navbatida, oliy ta`lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda, oliy ta`lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas`ullar uchun o`z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24 yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta`lim muassasalari kredit-modul tizimiga to`liq o`tganligi sababli kafedra mudirlari va professor-o`qituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda  o`quvlar barcha oliy ta`lim muassasalarida tashkil etiladi.

Bu jarayonga oliy ta`lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta`lim muassasalari hamda akademik liseylar rahbarlari ham jalb etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022 o`quv yilining ikkinchi yarmini to`liq va puxta tayyorgarlik ko`rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta`lim muassasalari, akademik lisey talaba-o`quvchilari uchun qishqi ta`til muddati 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirildi.

O`z navbatida, qishki ta`til davrida oliy va professional ta`lim muassasalari, akademik liseylar talaba-o`quvchilarining vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida oliy ta`lim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinlar tashkil etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar