AsosiyJamiyat

Talabalar uchun temir yo`l va avia chiptalariga berilgan 50 foizlik chegirma muddati ham uzaytirildi

'Talabalar uchun temir yo`l va avia chiptalariga berilgan 50 foizlik chegirma muddati ham uzaytirildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekistonda talabalar va akademik lisey o`quvchilari uchun qishqi ta`til muddati 24 yanvarga qadar uzaytirildi.

Shunga ko`ra, talaba-o`quvchilarga o`z uylaridan ta`lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo`l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022 yilning 11 yanvarigacha bo`lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo`l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

"Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo`lib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!" - deyiladi vazirlik xabarida. 

    Boshqa yangiliklar