Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ma`lum qilishicha, attestasiyaga ta`lim tashkilotlarining oliy ma`lumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.
Ta`kidlanishicha, ta`lim tashkilotlarining oliy ma`lumotga ega bo`lmagan pedagog kadrlari, shuningdek, ishlab chiqarish ta`limi ustalari kasbiy standartlar hamda xodimlarning har bir lavozim va kasb bo`yicha malaka darajasiga qo`yiladigan talablar asosida tizimida maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari bo`lgan vazirliklar va idoralar (keyingi o`rinlarda — manfaatdor vazirliklar va idoralar) tomonidan attestasiyadan o`tkaziladi.
Ta`lim tashkilotlarining oliy ma`lumotga ega bo`lmagan pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta`limi ustalarini attestasiyadan o`tkazish tartibi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ham o`qib (kunduzgi, kechki, sirtqi, maxsus sirtqi) ham ishlayotgan talabalar malaka toifasi olish uchun o`tkaziladigan attestasiyada Oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjatlarini olganlaridan keyin ishtirok etishlari mumkin (Magistraturada o`qiyotganlar bundan mustasno).






