Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, bugun Shavkat Mirziyoev Davlat xavfsizlik xizmatining "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik liseyi va DXX Akademiyasiga tashrif buyuradi.
Ta`kidlanishicha, davlat rahbarining tashrifidan kutilgan maqsad yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, davlat xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan iborat.






