O`zbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili — amalda. Islohotlar, eng avvalo, ana shu ezgu g`oyani ro`bga chiqarishga qaratilyapti. Buning amaliy natijalari tibbiyotimizda ham aks etishi zarur. Shundagina sog`liqni saqlash sohasi chinakam xalqchil tizimga aylanadi.
Prezidentimiz tibbiyot xodimlari bilan bo`lib o`tadigan ochiq muloqotda shifokoru hamshiralar, farmasevt va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillarining bu boradagi takliflarini eshitmoqchi.
Hozir ushbu tadbirga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz”, Tahlil, ijro va nazorat guruhi hamda Media markazni o`z ichiga olgan shtab faoliyat olib boryapti. Ijtimoiy tarmoqlarda alohida elektron manzillar ochilgan.
Ushbu platformalar orqali shu kungacha ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 8242 tani tashkil etdi.
Ularning:
- 45 foizi — soha rivojiga qaratilgan takliflar,
- 34 foizi — e`tiroz va murojaatlar,
- 21 foizi — individual murojaatlardan iborat
Jumladan, murojaatlarning:
✅ 2948 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
✅ 485 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,
✅ 50 tasi tez tibbiy yordam xizmati,
✅ 159 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,
✅ 152 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldor masalalardir.
Hududlar kesimida:
- Toshkent shahridan — 1048 ta,
- Namangan viloyatidan — 828 ta,
- Samarqand viloyatidan — 511 ta, ya`ni eng ko`p murojaat yo`llangan.






