AsosiyJamiyat

98 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga etib bordi

'98 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga etib bordi'ning rasmi

Bugun, 7 yanvar kuni ikkita reys orqali 98 nafar vatandoshimiz Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun etib bordi.

Inchon xalqaro aeroportida fuqarolar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi va Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan tashkiliy tarzda kutib olindi.

Belgilangan tartibga muvofiq, 10 kunlik karantin davri hamda tibbiy ko`riklardan so`ng fuqarolarimiz ish joylariga etib borishlari rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar