Joriy yilning 7 yanvar kuni, soat taxminan 15.00larda Toshkent shahrining Yunusobod tumani Yangi shahar ko`chasi bo`ylab 1976 yilda tug`ilgan, kuchli darajadagi mast holatida bo`lgan, fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Malibu” avtotransporti, shu erda xizmat o`tayotgan YHX xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, o`zgalarning hayoti va sog`lig`iga xavf solgan holda qochishga uringan.
Xodimlar, haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan og`ir oqibatlarni oldini olish maqsadida, belgilangan tartibda o`q-otar qurolini qo`llaganlar.
Natijada avtotransport vositasi majburiy to`xtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan. Qurol qo`llanilishi natijasida hech kim jarohatlanmagan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda