AsosiyJamiyat

Endi vaksina olmagan xodimlar ishxonaga qo`yilmaydi. Talabalarni emlash tadbirlari esa kuchaytiriladi

'Endi vaksina olmagan xodimlar ishxonaga qo`yilmaydi. Talabalarni emlash tadbirlari esa kuchaytiriladi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Xususan, aholini to`liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi, deya qayd etmoqda SSV.

Ta`kidlanishicha, vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat`iy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so`ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat`iy chora ko`riladi.

Shuningdek,Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida ta`til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to`liq emlash choralari ko`riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas`ul etib belgilanadi.

Shu jumladan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 15 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy qilinmoqda:

  • xorijiy davlatlardan O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo`yicha manfiy ko`rsatkichli ma`lumotga ega bo`lishi;  
  • koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo`yicha manfiy ko`rsatkichga ega ma`lumotnoma bo`lmaganda, aeroport, temir yo`l vokzallari va chegara o`tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishi shart.

Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo`jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta`minlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko`zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

    Boshqa yangiliklar