AsosiyJamiyat

O`tgan yilda 2928ta transport vositasiga noqonuniy, o`zboshimchalik bilan gaz balon o`rnatilgan va ...

'O`tgan yilda 2928ta transport vositasiga noqonuniy, o`zboshimchalik bilan gaz balon o`rnatilgan va ...'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Erali Bozorov  noqonuniy o`rnatilgan va texnik ko`rikdan o`tkazilmagan gaz balonlari bilan bog`liq raqamlar keltirildi.

Unga ko`ra, 2021 yilda o`tkazilgan reydlar davomida 2928ta transport vositasiga noqonuniy, o`zboshimchalik bilan gaz balon o`rnatish holati aniqlangan.

Amaldagi tartibga muvofiq, transport vositasiga o`rnatilgan gaz balonlari har uch yilda texnik sinovdan o`tkazilishi lozim. Biroq 3 mingdan ortiq holatda transport vositalari sinovdan o`tkazilmasdan boshqarib yurganligi aniqlandi. Ko`rilgan choralar natijasida noqonuniy o`rnatilgan va sinovdan o`tkazilmagan balonlarning 2 mingga yaqini echib olindi.  

"Bu kabi holatlar fuqarolarning hayotiga xavf tug`dirmoqda. Masalan, Andijon viloyatida shu yilning 1 yanvar kuni noqonuniy o`rnatilgan balonga gaz to`ldirilishi oqibatida transport vositasi haydovchisi og`ir jarohat oldi, uning ortidagi taksi haydovchisi esa vafot etdi",–deydi Bozorov 

    Boshqa yangiliklar