AsosiyJamiyat

Buxoroda haydovchisi qo‘l tormozini tortishni unutgan avtomobil kanalga tushib ketdi

'Buxoroda haydovchisi qo‘l tormozini tortishni unutgan avtomobil  kanalga tushib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 9 yanvar kuni FVVning Buxoro viloyati boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Buxoro shahri “Talija” mahallasi hududidan oqib o`tuvchi kanalga “Spark” rusumli avtomobil tushib ketganligi to`g`risida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar yuberdi. 

Xabarda aytilishicha, voqea joyiga podpolkovnik G`.Safoev boshchiligidagi qutqaruv otryadi etib borgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikasi va g`avvoslar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining hududiy bo`limlari bilan hamkorlikda 30 daqiqa davomida olib borilgan harakatlar natijasida avtomobil` suvdan olib chiqildi. 

Ma`lum bo`lishicha, haydovchi to`xtash vaqtida qo`l tormozini tortishni unutgani sababli kanalga tushib ketgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar