AsosiyJamiyat

Jamshid Usmonov: "Avtomobilga noqonuniy gaz balloni o`rnatish oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan va 20 ta fuqaro og`ir tan jarohat olgan"

'Jamshid Usmonov: "Avtomobilga noqonuniy gaz balloni o`rnatish oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan va 20 ta fuqaro og`ir tan jarohat olgan"'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida aytildi. 

Bug` qozonlari, ko`tarish inshootlari va putur etkazmaydigan nazoratda sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mas`ul xodimi Jamshid Usmonov mavzu yuzasidan ma`lumot berdi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan qurilgan 1200 dan ortiq avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) va 800 dan ortiq avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchalari (AGQSh) faoliyat ko`rsatmoqda. Shu bilan birga, gaz ballonlarini ishlab chiqaruvchi bir nechta  tashkilot mavjud.

Qo`mita tomonidan Gaz ballonlarini sinovdan o`tkazish vakolatini beruvchi 150 ta korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgan.

2022 yilga qadar 1 mln 570 mingdan dan ortiq avtotransport vositalarida 2,5 mln dan ortiq metan gaz va 200 000 dan ortiq avtotransport vositalarida suyultirilgan gaz yoqilg`isida ishlashga moslashtirilgan gaz ballonlari o`rnatilgan.

Biroq bugungi kunda yurtimizda ba`zi yuridik va jismoniy shaxslarlar tomonidan sinovdan o`tkazilmagan gaz ballonlaridan foydalanish holatlari aniqlanmoqda.

Ba`zi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari tomonidan gaz ballon bilan jihozlangan avtomobillarga me`yoridan ortiq gaz to`ldirish kabi qonunbuzarlik holatlari qayd qilinmoqda.

Buning oqibatida oxirgi besh yil mobaynida avtomobillarga o`rnatilgan ballonlarining portlashi bilan bog`liq 3 ta favqulodda vaziyat sodir bo`lgan. Buning oqibatida 23 ta fuqaro vafot etgan va 20 ta fuqaro og`ir tan jarohatlari olgan.

Tahlillarga ko`ra avtomobil ballonlarining portlashiga quyidagilar sabab bo`lmoqda:

◾️ sifatsiz (metallokompozit) ballonlardan foydalanish;

◾️ ballonlarni ishlab chiqarish jarayonida texnologik kamchiliklar;

◾️ avtomobillarga ballonlarni o`rnatish va sinov ishlarining sifatsizligi;

◾️ avtomobillarga siqilgan gaz quyishda ruxsat etilganidan ortiqcha bosimda gaz quyilishidir.

Aytilgan barcha jarayonlarda inson omili ishtiroki oqibatida yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar va hozirgi holatda bu jarayonlarni doimiy nazorat qilish imkoniyati mavjud emasligi muammoni chuqurlashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar