Xalq ta`limi vazirligi O`zbekistonda qishki ta`til kunlarini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganini ma`lum qilgandan so`ng holat bilan bog`liq yuzaga kelgan ushbu savolga vazirlik tomonidan javob berildi.
Ma`lum qilinishicha, qo`shimcha ta`til davridagi darslar (mavzular) chorak boshlanganidan so`ng darslarga qo`shib, tig`izlashtirilgan xolda o`tiladi, shu bois ushbu qo`shimcha ta`til kunlari boshqa ta`tillarga ta`siri bo`lmaydi.






