AOKAda O`zbekistondagi koronavirus bilan bog`liq mavjud epidemiologik holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani o`tkazilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining birinchi o`rinbosari Xolmamat Norboevning ma`lum qilishicha, "Omicron" shtammi aniqlangan chet el fuqarosi bilan bir samolyotda kelgan barcha yo`lovchilar karantinga olingan. Ulardan 130 nafari o`zbekistonliklar bo`lib, ular uy sharoitida, 70 nafar chet ellik fuqarolar mehmonxona sharoitida karantin o`tamoqda.
"Omicron" shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu diognoz bo`yicha dunyoning etakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o`tkazish va uni tasdiqlash bilan bog`liq jarayonlar tufayli uni o`z vaqtida e`lon qilish imkoni bo`lmadi va ikki kundan so`ng jamoatchilikka ma`lum qilingan.