Avval xabar berilganidek, AOKAda O`zbekistondagi koronavirus bilan bog`liq mavjud epidemiologik holat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani o`tkazilmoqda.
Anjumanda ishtirok etgan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xoliqovning ta`kidlashicha, 24 yanvardan keyin OTMlarda ta`lim jarayoni onlayn formatga o`tkazilmaydi. Yakuniy nazorat imtihonlari o`z vaqtida bo`lib o`tadi.