AsosiyJamiyat

Jizzaxda sodir bo`lgan YTHda piyoda vafot etdi

'Jizzaxda sodir bo`lgan YTHda piyoda vafot etdi'ning rasmi

G`allaorol tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 6 yanvar kuni soat 18:00larda 4R-42 G`allaorol-Qo`ytosh avtomobil yo`lining G`allaorol tumani «Olimlar» MFYdan o`tuvchi 4-kilometrida odam o`limi bilan bog`liq yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

G`allaorol tumani Ko`kbuloq QFYda yashovchi shaxs Nexia mashinasi bilan Qo`ytosh yo`nalishida harakatlanayotib yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tayotgan «Baxt» MFYda yashovchi 1983 yilda tug`ilgan ayolni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og`ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar