AsosiyJamiyat
2787

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

10 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning joriy masalalari va bo`lajak qo`shma tadbirlar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezident Toqaev Qozog`iston Respublikasidagi joriy holat hamda mamlakatda vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha hukumat tomonidan ko`rilayotgan chora-tadbirlar to`g`risida ma`lumot berdi.

O`zbekiston etakchisi halok bo`lganlarning oilalariga yana bir bor hamdardlik bildirib, jabrlanganlar tezda shifo topishlarini tiladi.

Tomonlar birodar Qozog`iston zaminida tinchlik va barqarorlik tez fursatda qayta tiklanishiga ishonch bildirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar