O`zbek xalqining yana bir sevimli ijodkori Sanobar Matmurodova bu yorug` olamni tark etdi.
Sanobar Matmurodova 1968 yil Xorazm viloyatining Bog`ot tumanida tug`ilgan. O`zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitovaga shogird tushgan.
1994 yilda Samarqand davlat universitetining musiqa fakultetida tahsil olgan. O`zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyat bo`linmasida ish faoliyatini olib borgan.