AsosiyJamiyat

Samolyot va poezd vagonlariga hunarmand va ularning mahsulotlari haqida ma`lumot joylanadi

'Samolyot va poezd vagonlariga hunarmand va ularning mahsulotlari haqida ma`lumot joylanadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Respublika «Hunarmand» uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Hotamova ma`lum qildi.

2022 yilda hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga 500 mlrd so`m yo`naltiriladi. Shundan kelib chiqib, hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 mln so`mgacha kredit beriladi. Ular mablag`larni naqd pul ko`rinishida olishi ham mumkin.

Imtiyozli kredit ajratish bo`yicha «oilakredit.uz» elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qo`yish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida bo`lim ishga tushiriladi.

2022 yildan boshlab “O`zekspomarkaz” pavilonlarida “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi tashkil etiladi.

Doimiy ravishda “Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablari turistik marshrutlarga kiritib boriladi. Hunarmandlar va ularning mahsulotlari bo`yicha ma`lumotlar samoliyot va poezd vagonlarda joylashtirib boriladi.

2022 yildan «Hunarmand» uyushmasi a`zolari uchun faoliyat yuritish joyidan qat`i nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini to`lash aholi uchun belgilangan tariflar bo`yicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar