Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Chiroqchi tumanida "Nexia" avtomobilida yong`in yuzaga kelganligi bo`yicha YHXBB quyidagi ma`lumotlarni berdi.
Bugun, 11 yanvar kuni soat 14:55 larda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududidan o`tgan "Ettitom-G`uzor" avtomobil yo`lining 10-kilometrida, haydovchi, 1985 yilda tug`ilgan A.X. "Nexia" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan. Haydovchi avtomobilni zudlik bilan to`xtatgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur hodisa yuzasidan Chiroqchi tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






