AsosiyJinoyat

Qidiruvdagi 20 yoshli qiz Toshkentda ushlandi

'Qidiruvdagi 20 yoshli qiz Toshkentda ushlandi'ning rasmi

Bugun, 2022 yil 11 yanvar kuni soat 19:30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor metro bekati qarshisida YPX xodimi S.Umarqulov tomonidan to`xtatilgan piyoda, 2002 yilda tug`ilgan M.S.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qidiruvda bo`lgan fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Boshqa yangiliklar