Maktabgacha ta`lim vazirligi bu haqda ma`lumot berdi. Qayd etilishicha, endi davlat bog`chalarida karantin choralari kuchaytiriladi.
Jumladan:
- bayram tadbirlari o`tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
- ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo`l qo`yilmaydi (zarur vaziyatlarda so`nggi uch kunlik PZR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo`lishi lozim);
- yig`ilishlar o`tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig`ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o`tkazish choralari ko`riladi;
- mazkur cheklovning buzilishiga yo`l qo`yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari qo`llaniladi.






