Kecha yurtimizda kunlik kasallanishlar soni 600 tadan oshdi, 4 nafar bemor vafot etdi.
2022 yil 11 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201759 (+604) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 11 nafari Andijon viloyatida,
- 7 nafari Buxoro viloyatida,
- 41 nafari Jizzax viloyatida,
- 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 3 nafari Namangan viloyatida,
- 42 nafari Samarqand viloyatida,
- 13 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 9 nafari Farg`ona viloyatida,
- 17 nafari Xorazm viloyatida,
- 97 nafari Toshkent viloyatida,
- 331 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 14 nafar,
- Buxoro viloyatida 6 nafar,
- Jizzax viloyatida 36 nafar,
- Namangan viloyatida 2 nafar,
- Samarqand viloyatida 40 nafar,
- Farg`ona viloyatida 7 nafar,
- Xorazm viloyatida 22 nafar,
- Toshkent viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 197475 (+167) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1505 nafarni tashkil qildi.
Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.






