10 yanvar kuni Angren IESga qarashli dam olish maskani hududidan oqib o`tuvchi soydan dam olish uchun kelgan 70 yoshli erkakning murdasi topilgan.
Respublika Bosh prokuraturasi Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotiga ko`ra, marhumning o`limiga umumiy tashqi muhitdagi past harorat ta`sirida organizmni umumiy sovuq qotishi sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.






