AsosiyJamiyat

Bahordan boshlab jismoniy tarbiya o`qituvchilarining dars soatlari yana ko`paytiriladi

'Bahordan boshlab jismoniy tarbiya o`qituvchilarining dars soatlari yana ko`paytiriladi'ning rasmi

2020-2021 o`quv yilidan boshlab sport zali mavjud bo`lmagan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida qishki davr (dekabr, yanvar, fevral oylari)da o`tiladigan "Jismoniy tarbiya" fani darslari o`quv soatlarini 10 hafta davomida 5-10-sinflarda haftasiga 2 soatdan 1 soatgacha kamaytirilgan edi.

11 yanvar kuni mazkur tartibni bekor qilish hamda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya fani o`qitilishi jarayonlarini takomillashtirish to`g`risida Xalq ta`limi vazirining buyrug`i imzolangan.  

Unga ko`ra, o`quvchilarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug`ullanish, sog`lom turmush tarzi bo`yicha hayotiy ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida umumta`lim maktablarida qishki davrda ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 soatdan o`qitilishi belgilangan.

2021-2022 o`quv yilining 3-choragidan boshlab sport zali mavjud bo`lmagan umumta`lim muassasalarida ham “Jismoniy tarbiya” fani barcha sinflarda haftada 2 (ikki) soatdan o`qitiladi.

    Boshqa yangiliklar