Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan bo`lib o`tadigan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotiga kelib tushgan murojaatlar soni 10365 taga etdi.
Ularning:
- 48 foizi — soha rivojiga qaratilgan takliflar,
- 21 foizi — murojaatlar,
- 31 foizi — individual masalalardan iborat.
Jumladan, murojaatlarning:
✅ 3736 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
✅ 575 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,
✅ 307 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga daxldor masalalardir.
Hududlar kesimida:
- Toshkent shahridan — 1121 ta,
- Namangan viloyatidan — 979 ta,
- Samarqand viloyatidan — 561 ta, ya`ni eng ko`p murojaat yo`llangan.






