“NEO-FARM” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan nazorat organiga dorixonalarda qalbakilashtirilgan "Revarton" dori vositasi realizasiya qilinayotganligi to`g`risidagi ma`lumot kelib tushgan. Ushbu holat dorixona tomonidan taqdim etilgan fiksal va tovar cheklarida o`z tasdig`ini topgan.
Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi dorixonaga nisbatan belgilangan tartibda ta`sir chorasi qo`llanilayotganligini dorixonalar va jamoatchilik e`tiboriga etkazib, ushbu dori vositasi muomalasiga chek qo`yish maqsadida barchani ogohlikka chaqiradi.
Qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va (yoki) realizasiya qilish lisenziyaning bekor qilinishiga olib keladigan lisenziya talablari va shartlarini qo`pol ravishda buzilishi hisoblanadi hamda ushbu qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`yganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.






