Yurtimizda ketma-ket beshinchi kun kasallanishlar soni ortdi. Kecha 710 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 12 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202473 (+714) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-12 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-11 nafari Andijon viloyatida,
-6 nafari Buxoro viloyatida,
-51 nafari Jizzax viloyatida,
-29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-4 nafari Navoiy viloyatida,
-9 nafari Namangan viloyatida,
-39 nafari Samarqand viloyatida,
-12 nafari Sirdaryo viloyatida,
-6 nafari Surxondaryo viloyatida,
-14 nafari Farg`ona viloyatida,
-25 nafari Xorazm viloyatida,
-109 nafari Toshkent viloyatida,
-387 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 197703 (+228) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1508 nafarni tashkil qildi.
"Ma`lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.
Afsuski, so`nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat`iy rioya qilib, kasallikka qarshi to`liq emlanishlarini so`rab qolamiz", - deyiladi xabarda.






