AsosiyJamiyat

Toshkentda o`q uzishga majbur qilgan "Malibu" haydovchisi "ashaddiy qoidabuzar" bo`lib chiqdi

'Toshkentda o`q uzishga majbur qilgan "Malibu" haydovchisi "ashaddiy qoidabuzar" bo`lib chiqdi'ning rasmi

Avvalroq Toshkentda "Malibu" xaydovchisiga nisbatan o`q uzilgani bo`yicha IIV izoh bergani haqida yozgandik.

O`sha kuni kuchli darajadagi mast holatida bo`lgan, fuqaro “Malibu” avtotransportida shu erda xizmat o`tayotgan YHX xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, qochishga uringan.

Xodimlar, haydovchining noqonuniy harakatlari oqibatida, belgilangan tartibda o`q-otar qurolini qo`llaganlar. Natijada avtotransport vositasi majburiy to`xtatilib, haydovchi zararsizlantirilgan.

Qoidabuzar haydovchi haqida qo`shimcha ma`lumot berildi. Buni qarangki, uning bu harakati birinchisi bo`lib chiqmadi, u shu kunga qadar bir necha bor qoidalarni mensimagan va bir qancha jarimaga tortilgan.

"Uzreport" telekanalida ma`lum qilinishicha, fuqaro bilan bog`liq hujjatlar o`rganib chiqilgan. Unda aniqlanishicha, mazkur shaxs bilan 2006 yilda Jinoyat ishlari bo`yicha Chirchiq shahar sudi tomonidan JKning 266- moddasi 1 qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yarashuv bilan tushatilgan.

2007 yilda esa shu turdagi jinoyat ishi amnistiyaga asosan yakunlangan.

Shu jumladan, haydovchi 2021 yil davomida havfsizlik kamaridan foydalanmaslik, qizil chiroqdan o`tib ketish, ruxsatsiz tusi o`zgartirilgan oyna o`rnatish, transport vositalarini quvib o`tish va yo`l belgilariga amal qilmaslik kabi qoidabuzarliklar sodir etgan. Buning uchun jami 7 million 900 ming so`mdan ziyod jarimaga tortilgan.

    Boshqa yangiliklar