AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida reyting baholash tizimi joriy etiladi

'Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida reyting baholash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–81-son, 12.01.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi.

Reyting baholash tizimi 2022 yil 1 fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, o`z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Reyting baholash “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali tashkil etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.

Bunda, faoliyati:

  • “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni belgilanadi va amalga oshiriladi;
  • “qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha tavsiyalar kiritiladi;
  • “qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo`nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi, uning ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlarini har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha milliy kengashning yig`ilishlarida eshitiladi.

Ketma-ket ikki yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari rahbarlariga intizomiy javobgarlik choralarini qo`llash masalasi ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar