AsosiyJamiyat

Toshkentdagi oziq-ovqat do`koni yonib ketdi

'Toshkentdagi oziq-ovqat do`koni yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 14 yanvar kuni soat 09:02da Toshkent shahar Olmazor tumani Qora-Qamish-3 dahasidagi oziq-ovqat do`koni yonayotganligi to`g`risida tuman FVV bo`limiga xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVV Matbuot xizmati. 

Shunga ko`ra, 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:06da etib borib, yong`in soat 09:19da qurshab olindi va soat 09:24da bartaraf etildi.  

Hodisa oqibatida do`konning taxminan 80 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.  

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.        

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar