Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan bo`lib o`tadigan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqotiga kelib tushgan murojaatlar soni 11 166 taga etdi.
Ularning:
- 47 foizi — soha rivojiga qaratilgan takliflar,
- 24 foizi — murojaatlar,
- 29 foizi — individual masalalardan iborat.
Jumladan, murojaatlarning:
- 4 047 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
- 642 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,
- 339 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga daxldor masalalardir.
Hududlar kesimida:
- Toshkent shahridan — 1 133 ta,
- Namangan viloyatidan — 1 055 ta,
- Samarqand viloyatidan — 576 ta, ya`ni eng ko`p murojaat yo`llangan.






