AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev joriy yilda har bir mahallaga qancha imtiyozli kredit va subsidiya ajratilishini ma`lum qildi

'Shavkat Mirziyoev joriy yilda har bir mahallaga qancha imtiyozli kredit va subsidiya ajratilishini ma`lum qildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida videoselektor yig`ilishda "mahallabay" ishlashning yangi tizimini yo`lga qo`yish bilan bog`liq masalalar muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, yangi yildan 9 ming 309 nafar hokim yordamchilari ish boshladi va ularga ko`mak berish uchun vazirliklardan 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi.

Ushbu tizimga mas`ul bo`lgan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyati tashkil etilib, barcha masalalar echib berildi.

Endilikda hokim yordamchilari, eng avvalo, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og`ir oilalarni o`qitish va o`z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo`jaligi uchun ularga er maydonlari ajratish masalalari bilan shug`ullanadi.

Hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni etkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o`rgatish orqali ularni kambag`allikdan chiqarishi lozim.

Bu maqsadlar uchun joriy yilda 10 trillion so`m imtiyozli kredit va 2,5 trillion so`m subsidiya ajratiladi (har bir mahallaga o`rtacha 1,3 milliard so`m).

    Boshqa yangiliklar