AsosiyJamiyat

O`zbek-qozoq chegarasidan o`tish vaqtincha to`xtatildi, lekin havo yo`llari ochiq - SSV  

'O`zbek-qozoq chegarasidan o`tish vaqtincha to`xtatildi, lekin havo yo`llari ochiq - SSV   'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, tegishli vazirlik va idoralarning taklifiga bilan kecha, ya`ni 15 yanvardan O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolari kesib o`tishi vaqtincha to`xtatildi.

Vazirlikning qayd etishicha, bunga so`nggi kunlarda O`zbekistonda oshayotgan COVID-19 bilan kasallanish ko`rsatkichlari sabab bo`lgan.

Qozog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra,  mamlakatda birgina 15 yanvarda 13,6 ming kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

Bu 11 yanvarga nisbatan qariyb 9 ming, 14 yanvarga nisbatan esa 1,2 mingta ko`p ko`rsatkichdir.

Shunga qaramay, O`zbekistonning Qozog`iston bilan chegarasini ikki davlat fuqarolarining kesib o`tishi bilan bog`liq cheklovlar quyidagi shaxslarga tatbiq etilmasligi aytilmoqda:

  • havo yo`llari orqali kiruvchi barcha toifadagi fuqarolar;
  •  chegaradosh temir yo`l stansiyalari va avtomobil o`tkazish chegara
  • punktlari orqali vataniga qaytgan O`zbekiston va Qozog`iston fuqarolari (keyingi o`rinlarda tomonlarning fuqarolari deb yuritiladi);
  • hukumatlararo kurerlik aloqasi xodimlari;
  •  xalqaro yuk tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar;
  •  rasmiy (hukumat) delegasiyalari tarkibida bo`lgan shaxslar;
  • diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari, shuningdek, ularning oila a`zolari;
  • Qozog`iston hududida joylashgan O`zbekiston ob`ektlari, shuningdek, O`zbekiston hududida joylashgan Qozog`iston ob`ektlariga xizmat ko`rsatuvchi xodimlar;
  • ushbu davlatlarda investisiya loyihasi doirasida o`z faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston, shuningdek, Qozog`iston fuqarolari;
  •  O`zbekistonda doimiy yashovchi Qozog`iston fuqarolari, shuningdek, Qozog`istonda doimiy yashovchi O`zbekiston fuqarolari;
  •  mazkur davlatlarda ta`lim oladigan tomonlarning fuqarolari;
  •  og`ir kasal bo`lgan yaqin qarindoshlarini ko`rish yoki yaqin qarindoshlarining dafn marosimida qatnashish zarurati tufayli tibbiy maqsadda kiruvchi (ketayotgan) tomonlarning fuqarolari;
  •  vafot etgan O`zbekiston fuqarolarining jasadini olib borishda Qozog`iston hududida va Qozog`iston fuqarolarining O`zbekiston hududida hamrohlik qilayotgan tomonlar fuqarolari.

    Boshqa yangiliklar