Bugun, 17 yanvar kuni soat 10:49 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko`chasida joylashagan omborxonada yong`in bo`layotganligi to`g`risida tuman FVBga xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVV Matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da etib borib, yong`in soat 11:24 da qurshab olindi va soat 11:54 da bartaraf etildi.
Hodisa oqibatida do`konning taxminan 350 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.






