AsosiyJamiyat

O`zbekistonga sayyohlarni olib keluvchi aviatashuvchilar xarajatining bir qismi qoplab beriladi

'O`zbekistonga sayyohlarni olib keluvchi aviatashuvchilar xarajatining bir qismi qoplab beriladi'ning rasmi

«Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish to`g`risida»gi Prezident Farmoni e`lon qilindi.

Unga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub`ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O`zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo`yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSh dollari miqdorida Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab beriladi.

Shuningdek, 2022 yil 1 maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga ajratiladigan mablag`lar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 million so`m miqdorida, jami 10 milliard so`mgacha grantlar ajratiladi. 

    Boshqa yangiliklar