AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg`ir yog`adi

'Ertaga O`zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 18 yanvar kuni uchun ob-havo ma`lumotini taqdim etdi. Unga ko`ra: 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 10-12° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, biroz qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda  

15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi  3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kechga tomon kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kechga tomon kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar