AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so`mgacha grant ajratiladi

'O`zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash uchun 10 mlrd so`mgacha grant ajratiladi'ning rasmi

“Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–52-son, 15.01.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvargacha turizm sub`ektlari va aviatashuvchilarning xorijdan O`zbekistonga charter reyslari uchun xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun (kamida 5 kecha tunaganda) 10 AQSh dollari, qishda (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSh dollari miqdorida Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

2022 yil 1 maydan yoshlarning tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so`m miqdorida, jami 10 mlrd so`mgacha grantlar ajratiladi.

Bunda grant mablag`lari:

  • onlayn to`lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko`rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo`naltiriladi;
  • grant mablag`lari xorijdan O`zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Turizm va sportni qo`llab-quvvatlash jamg`armasiga turistik (mehmonxona) yig`imini hisoblash va to`lash 2021 yil 1 sentyabrdan to`xtatilgan.

Shu sababli 2022 yil 1 fevraldan 2023 yil 1 yanvargacha Jamg`armaga har oyda 2,5 mlrd so`m miqdorida qo`shimcha mablag`lar Davlat byudjetidan ajratiladi.

Ushbu mablag`lar hududlardagi salohiyatli turizm ob`ekti va maskanlarini turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ`ib qilish kabi maqsadlar uchun sarflanadi.

Farmon bilan shuningdek, qadamlar uchun pul to`lash tartibiga o`zgartirish kiritildi. Unga muvofiq, endilikda 1 sutkada 10 ming va undan ko`p qadam yurgan 18 yosh va undan katta fuqarolar o`rtasida yutuqli o`yinlar o`tkaziladi.

Har oy yakunida esa yutuqli kuponlar o`rtasida qimmatbaho sovrinli o`yinlar o`tkaziladi.

Ilgari yuqoridagi talablarga mos fuqarolarga kunlik 3 ming so`mdan to`langan.

    Boshqa yangiliklar