AsosiyJamiyat

"Malika" savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va Bildirsoy oromgohi sotildi

'"Malika" savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va Bildirsoy oromgohi sotildi'ning rasmi

«Malika» savdo majmuasi — 125 mlrd so`mga, Poytaxt biznes markazi — 164 mlrd so`mga, «Bildirsoy oromgohi» kanat yo`li bilan birga — 107 mlrd so`mga, qolaversa, «No'kis vinozavodi» AJning 51% ulushi — 17,5 mlrd so`mga sotildi. Xaridorlarga belgilangan miqdorda investisiya kiritish hamda daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriyga rioya qilish talabi qo`yilgan.

«Poytaxt biznes majmuasi», «Malika» savdo majmuasi, «Beldersoy oromgohi» hamda «No'kis vinozavodi» AJ sotildi, deb xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

«No'kis vinozavodi» AJning 51% ulushi «Qarataw sawda bazasi» MChJga 17,5 mlrd so`m xarid qiymati hamda 3,4 mln AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish sharti bilan sotilgan.

«Poytaxt biznes majmuasi» MChJ mulkiy majmuasi bo`yicha savdolarda BAAning «Quadro IH DMCC» kompaniyasi 164 mlrd so`m xarid qiymatini bir yo`la to`lash hamda ta`mirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln dollardan kam bo`lmagan miqdorda investisiya kiritish sharti bilan g`olib bo`lgan.

«Malika» savdo va maishiy xizmat ko`rsatish majmuasini «Premium Prime Service» MChJ 125 mlrd so`m xarid qiymatini bir yo`la to`lash hamda ta`mirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd. so`m miqdorida investisiya kiritish va 250 ta yangi ish o`rinlarini yaratish sharti bilan qo`lga kiritgan.

«Bildirsoy oromgohi» dam olish maskani (Kanat yo`li bilan birga) bo`yicha savdolarda «Ulkan Mulk» MChJ 107 mlrd so`m xarid qiymatini bir yo`la to`lash sharti bilan savdo g`olibi deb topilgan.

Shuningdek, xaridorlarga daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar