AsosiyJamiyat

Bundan buyon ixtisoslashgan maktablar Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi — Prezident

'Bundan buyon ixtisoslashgan maktablar Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi — Prezident'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev huzurida maktablarda, ayniqsa ixtisoslashtirilgan maktablarda ta`lim va tarbiya sifatini tubdan oshirish bo`yicha ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda. 

"2025 yilga qadar yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga etkazishni va eksport hajmini 30 milliard dollardan oshirishni reja qilganmiz.

Buning uchun bizga, eng avvalo, hozirgi zamon talablariga mos keladigan va zarur bilimlar bilan qurollangan,

mantiqiy fikrlaydigan, liderlik qobiliyatiga ega bo`lgan vatanparvar yosh avlodni tayyorlashimiz kerak", - dedi Prezidentimiz yig`ilishda.

Shu munosabat bilan soha mutasaddilari va viloyat hokimlariga ishni quyidagi yo`nalishlarda tashkil etish topshirildi:

- yangi o`quv yilidan boshlab, viloyat markazlaridan, katta shahar va tumanlardan 2 tadan, tuman va shaharlardan 1 tadan ixtisoslashgan maktablar Xalq ta`limi vazirligidan Prezident ta`lim muassasalari agentligiga o`tkaziladi;

- bunda, tuman va shaharlardagi sanoat va qishloq xo`jaligining rivojlanganligi, bu hududlarda azaldan kuchli o`qitilgan fanlardan kelib chiqib, maktablar ixtisoslashishi kerak;

- bundan buyon ixtisoslashgan maktablar Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar