Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, bunday maktablarda:
- o`quvchilar xalqaro ta`lim dasturlari asosida zamonaviy o`quv darsliklari bilan ta`minlanadi;
- 9-sinfga kelib o`quvchilar kamida 1 ta xorijiy til bo`yicha milliy va xalqaro sertifikat olishlari ta`minlanadi;
- yuqori sinf o`quvchilarining bevosita korxonalarda amaliyot o`tashi tizimi joriy qilinadi;
- maktablarga ixtisosligidan kelib chiqib Fanlar Akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralari biriktiriladi.
"Umuman, ixtisoslashgan maktablar ta`lim, ilm va amaliyotni o`ziga qamrab olgan yagona klaster doirasida faoliyat yuritishi kerak", dedi Prezident.






