AsosiyJamiyat

Ixtisoslashgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlar tanlov asosida qabul qilinib, ularga ustama to`lanadi — Prezident

'Ixtisoslashgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlar tanlov asosida qabul qilinib, ularga ustama to`lanadi — Prezident'ning rasmi

Yig`ilishda ixtisoslashgan maktablar muallimlarini tayyorlash, malakasi va pedagogik mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi yaratilishi ta`kidlandi. Ularga agentlikning nufuzli xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda malaka sertifikati berilishi joriy etiladi.

Mutasaddilarga joriy yil 1 avgustgacha maktablarga pedagoglarni jamlab, ularni o`qitish, milliy va xalqaro sertifikatlarni olishlarini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, agentlikning hududiy bo`limlari tashkil etilishi ma`lum qilindi.

"Umuman, ushbu yangi tashabbuslarni amalga oshirish katta mas`uliyat talab qiladi. Sababi, 220 ta maktabga 12 mingdan ziyod muallimni tanlash va tayyorlash, 140 mingdan ortiq o`quvchini saralab olish zarur", - dedi Prezident va bu ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun doimiy Ishchi guruh tuzish vazifasini qo`ydi.

Ayni paytda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axboroti bermoqda.

    Boshqa yangiliklar