Hodisa vaqti avtomashinada haydovchi va yo`lovchi bo`lgani aytiladi.
FVV ma`lumotiga ko`ra, ushbu noxush vaziyat joriy yilning 17 yanvar kuni 16:55 larda "Toshkent-O`sh"avtomobil yo`lining 195 km. da sodir bo`lgan.
"Vodiy - Toshkent"yo`nalishda harakatlangan "HOWO" yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo`qotish oqibatida avtotransport vositasi yo`l chetidagi kyuvetga tushib ketgan va yonboshlab qolgan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar etib borib, hamkorlikda, maxsus texnikalar yordamida yuk mashinasini kyuvetdan chiqarib olishgan.
Hodisa natijasida hech kim jarohat olmagan. Ta`kidlanishicha, mashina yuksiz kelayotgan bo`lgan.






